So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi tufayli dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi insoniyat oldida eng muhim vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Shunday sharoitda qishloq xo‘jaligida mavjud resurslar va imkoniyatlardan oqilona va to‘liq foydalanish, oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish, yuqori hosildorlikni ta’minlash hamda hosilni turli zararli organizmlardan himoya qilishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish nihoyatda dolzarbdir. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, tarmoqlarda samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirishga ham xizmat qiladi.
Published: 2025-12-04