Ushbu konferensiya toʻplamida pedagogik mahorat markazi tomonidan tashkil etilgan – “Pedagoglarning ehtiyojlarga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi: ilg‘or tajribalar va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumaniga kelib tushgan tezis va maqolalar oʻrin olgan. Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda pedagoglarga yangi metodikalar oʻrgatish, ularning malakasini oshirish, raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda taʼlim samaradorligini oshirishga doir xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqotlarni toʻplash, tajribalarni oʻrganish, aniqlash, ta’lim samaradorligini ta’minlashda life-long learning – hayot davomida oʻqish tamoyilining oʻrni, oʻqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ta’lim bosqichlari uzviyligini ta’minlashda masofaviy ta’lim sifatini tubdan oshirish va takomillashtirishga oid xorijiy tajribalar boʻyicha toʻplangan materiallar joy olgan. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallaridan oliy taʼlim muassasalari professor oʻqituvchilari, umumiy o‘rta taʼlim maktab oʻqituvchilari, barcha tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
Published: 2026-01-23